«Real» kelajak rejalari ustida ishlamoqda, chunki bir payt kelganda Thibo Kurtoa asosiy darvozabon bo'la olmaydi. Madrid Zone xabariga ko'ra, Kurtoaning o'rnini egallash uchun asosiy nomzod «Brighton»dan Bart Verbruyggen hisoblanadi.

Ma'lum qilinishicha, «Real» kelasi yozda Verbruyggenni qo'shib olishga harakat qilishi mumkin. 23 yoshli gollandiyalikning «Brighton» bilan imzolangan shartnomasi 2028 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.

Shuningdek, Transfermarkt portalining mutaxassislari Bart Verbruyggenni 40 million evroga baholamoqda.

Esimizda tutaylik, 2025/2026 yilgi mavsumda «Real» hech qanday sovrin yutmagan edi.