«Arsenal» jamoasining bosh murabbiyi Mikel Arteta o'tgan mavsum Chempionlar ligasi finalidagi mag'lubiyat haqida fikr bildirdi. Ma'lumki, «kanonirlar» 1:1 hisobida durang o'ynab, «PSJ» ga penaltida yutqazishgan.
«Men hali ham o'sha mag'lubiyatning izini his qilaman. Bu zahar hali ham qonimda oqmoqda. U men bilan qolishi kerak, chunki aynan shu orqali siz o'rganasiz. Bu, ehtimol, men va boshqalar uchun kuchli motivatsiya bo'lib xizmat qiladi», - dedi Arteta The Athleticga bergan intervyusida.
Hozirda «Arsenal» Premier-ligada ikkinchi o'rinda turibdi. Mikel Arteta jamoasi 10-oktabr, shanba kuni «Lids»ga qarshi uyda o'yin o'tkazadi.
