«Manchester Siti» yozda «Barselona» yarim himoyachisi Frenki de Yongga qiziqish bildirgan, ammo keyinchalik uning xarididan voz kechgan.

Bu haqida The Touchline sahifalarida ma'lum qilindi. Ingliz klubining rahbariyati «Barselona» vakillari bilan bog'langan. Potentsial transferdan oldin «Man Siti» futbolchining tizzasidagi jarohatga oid tibbiy hujjatlarni ko'rishni xohlagan. Natijada klub o'yinchining transferi ustida ishni davom ettirishdan voz kechishga qaror qilgan.

De Yong 2019 yildan buyon kataloniyaliklar safida o'ynaydi. U klubda jami 297 ta o'yin o'tkazib, 20 ta gol urdi va 31 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning «Barselona» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha mo'ljallangan.