«Arsenal»ning bosh murabbiyi Mikel Arteta klub haqida o'z fikrlarini bildirdi.

««Arsenal»da o'ziga xos noziklik hiss etiladi – xulq-atvorida, muhitida, ruhida. Buni so'zlar bilan ifodalash qiyin, lekin bu klubning o'ziga xos aurasi bor. U kuchga ega, yurakni tortadi va iz qoldiradi. Bizda hali ko'p ishlar qilishimiz kerakligini his qilyapman va bu faqat boshlanishi», - dedi Arteta The Athletic bilan suhbatda.

Eslatib o'tamiz, chorshanba kuni «Arsenal» Mikel Arteta bilan shartnomani uzaytirganini e'lon qildi. Mehnat shartnomasi 2029/2030 mavsumi oxirigacha davom etadi.

10 oktyabr kuni «Arsenal» «Lids»ni Angliya chempionati doirasida qabul qiladi.