«Barselona» Fulxemning hujumchi yarim himoyachisi Josha Kingning o'yinini kuzatmoqda.

«Ko'k-qizil» scoutlari joriy mavsumda «dacniklar»ning o'yinlarini tomosha qilib, 19 yoshli futbolchining o'yinidan ta'sirlangan, deb xabar beradi TEAMtalk. Kataloniyalik gigant ingliz yulduziga talabgorlar qatorini kengaytirdi. Avvalroq, «Liverpul», «Manchester Yunayted» va «Chelsi»ning futbolchiga qiziqishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Transfermarkt portalining mutaxassislari Josha Kingning bozor qiymatini 40 million evro deb baholamoqda. Joriy mavsumda istiqbolli yarim himoyachi «Fulxem» uchun oltita o'yinda ikki gol urdi va bitta assist berdi.