Hujumchi «Bornli» Djaymi Vardi «Manchester Yunayted» kapitani Bruno Fernandes haqida o'z fikrlarini bildirdi.

39 yoshli ingliz futbolchisi, Lesterda o'ynagan paytlarida portugaliyalik yarim himoyachi bilan o'ynaganini esladi.

«U juda yaxshi, juda yaxshi. U barcha uzatish variantlarini ko'radi, boshqalardan oldin hamma narsani payqab oladi. Fernandesga qarshi o'ynaganda, u juda asabiylashtiradi. U hakamga, senga hujum qiladi, lekin eshitishimcha, maydondan tashqarida u dunyodagi eng tinch odam. Ehtimol, o'yin paytida u shunchaki his-tuyg'ularini ifoda etadi. Lekin o'yinchi sifatida u qo'rqinchli darajada yaxshi», – dedi Vardi o'z podkastida.

Bruno Fernandes 2020 yilning boshidan beri «qizil shaytonlar» safida o'ynaydi.