«Manchester Yunayted» mavsumni yaxshi boshlamadi, bu esa Maykl Karrik bilan aloqalar to‘g‘risida mish-mishlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi.

«Qizil iblislar» rahbariyati ingliz murabbiyiga noyabr oyidagi terma jamoalar o‘yinlari oralig‘igacha vaqt beradi, agar vaziyat yaxshilanmasa, qat'iy choralar ko‘rishi mumkin. Sesk Fabregas Karrik ishdan bo‘shatilsa, uning o‘rniga jiddiy nomzod sifatida ko‘rilmoqda, hozirda Ispaniyalik murabbiy italiyaning «Komo» klubini boshqarmoqda.

Fabregas ingliz tomoshabinlariga Londondagi «Arsenal» va «Chelsi» klublaridagi o‘yinlari bilan tanish. O‘tgan mavsumda 39 yoshli mutaxassis «Komo»ni Chempionlar ligasiga olib chiqdi.