«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta shartnomasini uzaytirgandan so'ng, Angliya chempionatidagi eng ko'p maosh oladigan murabbiy bo'ldi.
44 yoshli ispanning yangi shartnomasi to'rt yilga mo'ljallangan. The Times xabariga ko'ra, Arteta yiliga taxminan 20 million funt oladi, bonuslar bilan birga uning yillik daromadi 25 million funtgacha yetishi mumkin. Oldingi shartnomada mutaxassisga taxminan 12 million funt va qo'shimcha 3 million funt mukofotlar berilgan.
Arteta «Arsenal»da 2019 yil dekabrdan beri faoliyat yuritmoqda. O'tgan mavsumda «kanonirlar» Angliya chempionatini yutishdi. Hozirgi APL musobaqasida Arteta jamoasi 12 ochko to'plab, jadvalda ikkinchi o'rinda turibdi.
