Yozgi transfer oynasida Xulian Alvares «Barselona»ga o'tishni xohlagan, ammo «Atletiko» argentinalik hujumchini qo'yib yubormadi. Matbuotda madridliklar Alvaresni sotishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgandi, lekin bu «Barselona»ga emas, balki «Arsenal»ga tegishli edi.

The Touchline nashrining xabar berishicha, jurnalist Gilyem Balagega ko'ra, hozirda Xulian Alvares «Arsenal»ga o'tishni xohlaydi. Argentinalik futbolchi yanvar oyida Londonga ko'chib o'tish imkoniyatini jiddiy ko'rib chiqmoqda.

Agar avval Alvares uchun afzal variant «Barselona» bo'lsa, endi birinchi o'rinda «Arsenal» turibdi. Xulian «Atletiko»da uzoq muddatli kelajakni ko'rmayapti.

Shuni ta'kidlash kerakki, yozda «Arsenal» 26 yoshli Alvares uchun 100 million funtdan ko'proq to'lashga tayyor edi. Londondagi jamoa shartnomaga Viktor D'yokeres yoki Noni Maduekeni qo'shishi mumkin.