«Manchester Siti» o'zining moliyaviy qoidalarini buzmaganligini ta'kidlamoqda – klub mustaqil komissiya tomonidan chiqarilgan hukmga apellyatsiya berdi. Agar «shahar jamoasi» apellyatsiyani yutqazsa, klub jiddiy jazoga duch kelishi mumkin.

The Touchline nashrining jurnalisti Dunkan Kastlzga tayanib xabar berishicha, «Manchester Siti» nafaqat Premyer-ligadan chiqarilishi, balki Angliya Futbol ligasiga ham kirmasligi uchun kuchli qo'llab-quvvatlash mavjud.

Angliya Futbol ligasi Angliyada Chempionship, Liga 1 va Liga 2 - ikkinchi va to'rtinchi darajali diviziyalarni o'z ichiga oladi.

Shuningdek, Manchester Siti»ni Abu-Dabi egalaridan boshqaruvdan chetlatish g'oyasi ham qo'llab-quvvatlanmoqda.