«Arsenal» hujumchisi Kai Havertz «Bayer»ga qaytishi mumkin.
Indykaila News ma'lumotlariga ko'ra, hujumchi Leverkuzen jamoasining qiziqish doirasiga tushdi. Biroq, futbolchining haftalik maoshi 280 ming funt sterlingni tashkil etishi, transferga to'siq bo'lishi mumkin. O'yinchiga kelishuv amalga oshishi uchun maoshini kamaytirishi kerak bo'ladi.
Kai Havertz «Bayer»ning tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2020 yilgacha «farmatsevtlar» safida o'ynagan. Hujumchi 2023 yilda «Chelsi»dan «Arsenal»ga 75 million evro evaziga o'tdi. Uning Londondagi klub bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo'ljallangan. 2025/26 yilgi mavsumda hujumchi «kanonirlar» safida barcha musobaqalarda 24 o'yin o'tkazib, 7 gol urdi va 5 golli uzatmani amalga oshirdi.




