Londonning «Arsenal» futbolchisi Gabriele Martinelli «Barselona» safiga o'tishi mumkin.

Kataloniyalik klub braziliyalik futbolchiga bo'lgan talablarni oshirdi, deb xabar bermoqda Managing Barca  CaughtOffside manbalariga tayanib. 24 yoshli o'yinchiga ilgari «Bavariya» va «PSJ» ham qiziqish bildirgandi.

Mashhur Transfermarkt portalining mutaxassislari Gabriele Martinellining narxini 45 million evro deb baholamoqda. Qanotchining «kanonirlar» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o'rtalarigacha davom etadi, ammo bir yillik uzaytirish bandini o'z ichiga oladi.

O'tgan mavsumda Martinelli 53 o'yinda 11 gol va 7 golli uzatmalar bilan ajralib turdi.