Yulduz hujumchi Erling Haaland «Manchester Siti»dan ketadigan bo'lsa, karerasini davom ettirish uchun ikki variantni ko'rib chiqishga tayyor.
Ma'lum bo'lishicha, Teamtalk ma'lumotlariga ko'ra, norvegiyalik bombardir Madridning «Real» yoki Kataloniyaning «Barselona» klubiga o'tishni afzal ko'radi. Haaland Ispaniyaning La Ligasini eng mos variant deb hisoblaydi va boshqa Angliya Premier Ligasi klubiga o'tishni xohlamaydi.
Shuni eslatib o'tamizki, «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar sababli jiddiy jazolarga uchrashi mumkin.
Erlingning «shahar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yil yozida tugaydi. 26 yoshli skandinavning bozor qiymati 220 million evroni tashkil etadi.
