Amerika Qo'shma Shtatlari terma jamoasi va «Monako» hujumchisi Folaring Balogun yaqin kelajakda klubini o'zgartirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, amerikalik forvardni Turinning «Yuventus», «Everton» va Saudiya Arabistonining «Al-Nasr» hamda «Al-Ittihad» klublari qiziqtirmoqda.

Balogunning narxi Transfermarkt  portalida 50 million evro deb baholangan. Uning Monako bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilning iyun oyining oxirida tugaydi.

O'tgan mavsumda Fransiya chempionatida 25 yoshli hujumchi 30 ta o'yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.