Yarim himoyachi «Bornmut» va Angliya terma jamoasi a'zosi Aleks Skott «Chelsi»ning transfer maqsadlari orasida qolmoqda.
«Ko'klar» 23 yoshli «vishenlar» yulduzini o'z o'rta chizig'ini kuchaytirish uchun ideal variant deb bilishmoqda. Londondagi klub vakillari o'yinchining atrofidagi odamlar bilan aloqani saqlab, kelajakdagi shartnoma ustida ishlashni davom ettirmoqda, deydi insayder Fabrizio Romano.
«Bu yozda «Chelsi» Skottni qo'shib olishni xohladi, lekin bu amalga oshmadi. Agar ular kelajakda yangi taklif bilan qaytishsa, ajablanmayman», – deya ma'lum qildi transfer eksperti.
Sentabr oxirida Aleks Skott Angliya terma jamoasi safida Chexiyaga qarshi Millatlar Ligasi o'yinida debyut qildi. Transfermarkt portali yarim himoyachining qiymatini 50 million evro deb baholamoqda.
