Grem Potter Londonning “Vest Hem” futbol klubining bosh murabbiyi lavozimidan ketdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda klub matbuot xizmati ma’lum qildi. Klub bayonotida aytilishicha, jamoaning o'tgan mavsumning ikkinchi yarmida va 2025/26 yilgi mavsum boshida ko‘rsatgan natijalari kutgan darajada bo‘lmagan.
Direktorlar kengashi jamoa holatini tezroq yaxshilash uchun o‘zgarishlar zarurligini ta’kidlagan. Shuningdek, direktorlar kengashi Grem Potter va uning murabbiylar shtabiga qilgan ishlari uchun minnatdorchilik bildirgan va ularga kelajakda muvaffaqiyatlar tilagan.
50 yoshli Grem Potter joriy yil yanvar oyidan buyon “Vest Hem” jamoasini boshqargan. Hozirda jamoa Angliya Premer Ligasi jadvalida 19-o‘rinda, uch ochko bilan quyi liga hududida bormoqda.