Avvalgi Manchester Yunayted bosh murabbiyi ser Aleks Ferguson 2018 yilda boshidan o‘tgan miya qonash va keyingi tiklanish jarayoni haqida so‘zlab berdi. Shifokorlar uning omon qolish imkoniyatini 20% deb baholagan.
«Men dahshatga tushdim. Men ovozimni yo‘qotdim va gapira olmadim. Bu juda qo‘rqinchli daqiqalar edi. Nabiralarim meni ko‘rishga kelganida, men gapira olmadim», - dedi Ferguson BBC Breakfast efirida.
Operatsiyadan so‘ng Ferguson bilan mutaxassis ishlay boshladi, uning yordamida sobiq murabbiyning nutqi qaytib keldi. Operatsiyadan 4 oy o‘tgach, Ferguson «Old Trafford»da paydo bo‘lib, muxlislar tomonidan qarsaklar bilan kutib olindi.
«Mening xotinim yonimda edi va u o‘sha paytda yig‘lab yuborishiga yaqin edi».
Ferguson 1986 yildan 2013 yilgacha «Manchester Yunayted»ni boshqargan va klub bilan barcha asosiy sovrinlarni, jumladan, 13 ta chempionlik unvonini va 2 ta Chempionlar ligasini yutgan.
