«Tottenxem»ning bosh ijrochi direktori Venaik Ventakesham mavsumning muvaffaqiyatsiz boshlanishi haqida fikr bildirdi. «Tottenxem» Angliya chempionatida oxirgi o'rinda turibdi va beshta o'yinda biror g'alaba qozonmagan.
Yozda klub yangi o'yinchilar uchun 380 million funt sterlingdan ortiq mablag' sarfladi.
«Klub hozirgi ochkolar sonidan norozilikni tan oladi va muxlislarning noroziligini tushunadi. Biroq, mavsum boshidan beri jamoaning o'yinidagi ba'zi jihatlar meni xursand qiladi», - deya ta'kidlagan Ventakesham Independent nashriga.
U shuningdek, murabbiy Roberto de Dzerbi va yangi futbolchilarga ishonchini bildirib o'tdi. Ventakeshamning so'zlariga ko'ra, klubga yozda amalga oshirilgan o'zgarishlarning natija berishi uchun vaqt kerak bo'ladi.
«Tottenxem» 2019 yildan beri foyda ko'rmayapti, ish haqi va transfer xarajatlari esa oshmoqda. Klub APLning moliyaviy qoidalariga rioya qilish uchun o'yinchilarni sotish bo'yicha ishini yaxshilashi kerakligi ta'kidlangan.
