Angliya Premier Ligasi sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisini tanladi. Mukofotni «Paskal Gross» «Brayton»dan qo'lga kiritdi.

35 yoshli Gross bu mukofotni qo'lga kiritgan oltinchi eng yoshi katta futbolchi bo'ldi. Bunday yoshda mukofotni Pol Skoulz, Janfranko Zola, Kristiano Ronaldo, Tedi Sheringham va Styuart Pirs kabi futbolchilar ham qo'lga kiritgan. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.

Sentyabr oyida Paskal Gross «Brayton» uchun uchta o'yinda maydonga tushdi. Ushbu uchta o'yinda futbolchi ikki gol urdi va uchta gol uzatmasini amalga oshirdi.

«Brayton» 10 ochko bilan beshta turdan so'ng Premier Liga reytingida uchinchi o'rinda turibdi.