Universial himoyachi «Benfika»dan Tomas Arauxo ingliz klublarining qiziqishini uyg'otmoqda. Ushbu ma'lumotni TEAMtalk e'lon qildi.
Manbaga ko'ra, 24 yoshli futbolchiga «Chelsi» va «Manchester Yunayted» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Ikkala klubning vakillari «Benfika» va «Milan» o'rtasidagi (2:0) UEFA Yevropa Ligasi o'yinida ishtirok etishdi va aynan o'sha o'yinda Arauxo o'zini yaxshi ko'rsatib, qiziqishni oshirdi. Shuningdek, Arauxoni «Tottenhem», «Nyuqasl» va «Brayton» ham kuzatmoqda, ammo qishki transferda har qanday bitim ehtimoli past.
