«Manchester Siti» o‘zining rasmiy saytida bayonot e'lon qildi. Klub mustaqil komissiya tomonidan «shahar jamoasi» ko‘plab moliyaviy qoidabuzarliklarda aybdor deb topilgani to‘g‘risida jamoatchilikni xabardor qildi.
«Manchester Siti» apellyatsiyasini payshanba kuni kechqurun berdi. Klub o‘zining aybsizligini ta'kidlamoqda.
«Klub qat'iy ishonadiki, xulosada bir nechta asoslar – huquq, prinsiplar va faktlar bo‘yicha jiddiy xatolar mavjud, shuning uchun bu asosli deb hisoblanmaydi. Klub Premier-liga tomonidan qo‘yilgan ayblovlarda aybdor emas va o‘z pozitsiyalarini to‘liq isbotlaydigan ishonchli dalillar to‘plamiga ega», - deyiladi bayonotda.
«Manchester Siti» tadqiqotlar yakunlangunga qadar hech qanday izoh bermasligini ta'kidlagan.
