Yarim himoyachi «Manchester Yunayted» Buru Fernandesh ingliz jamoasini tark etishi mumkin.

The Daily Briefing xabarlariga ko'ra, «qizil iblislar» 32 yoshli futbolchi uchun 50 million evro takliflarini ko'rib chiqishga tayyor. Biroq, o'zi portugaliyalik futbolchi bosh murabbiy Maykl Karrikning loyihasiga ishonmoqda va hamkorlikni davom ettirishga ochiq.

Joriy mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarda yetti marta maydonga tushdi, to'rt marotaba raqiblar darvozasini ishg'ol qildi va bir assist yozdirib oldi.

Yarim himoyachining «Manchester Yunayted» bilan amaldagi mehnat shartnomasi kelasi yozda tugaydi.