Buyuk Britaniyaning madaniyat, media va sport vaziri Liza Nendi, «Manschester Siti» Angliya Premier Ligasi (APL)dan chiqarilishi mumkinligini ma'lum qildi, chunki klub moliyaviy qoidalarni buzganlikda ayblangan.

«Agar bunday ayblovlar tasdiqlansa, klub Premier Ligadan chiqarilishi mumkin, bu esa hammaga katta oqibatlar keltiradi», - dedi Nendi Channel 5 News efirida. 

Avvalroq mustaqil komissiya APL «Manschester Siti» ishiga oid qaror chiqardi va klubni 2009 yildan 2018 yilgacha bo'lgan davrda moliyaviy qoidalarni jiddiy buzganlikda aybdor deb topdi.