Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp «Manchester Siti» jazolansa, «Liverpul»ga tushishi mumkin bo'lgan unvonlar haqida orzu qilmasligini aytdi.
Avvalroq «shaharchilar» moliyaviy fair-play qoidalarini deyarli barcha jihatdan buzganlikda ayblangan edi. Klubga qanday jazolar berilishi hozircha noma'lum.
«Men unvon uchun kurash yoki shunga o'xshash narsalar haqida o'ylamayman. «Liverpul»da erishgan natijalarimdan mamnunman. Biz maydonda qattiq kurashdik. Boshqa hech narsa ayta olmayman, chunki tafsilotlarni bilmayman», - deydi nemis mutaxassisi Fabrizio Romano so'zlariga ko'ra.
«Liverpul» Klopp boshchiligida ikki marta «Siti»ga chempionlik unvonini oxirgi turda, har gal bir ochko farqi bilan boy bergan.
