Matbuotda «Barselona»ning yarim himoyachi Frenki de Yong bilan xayrlashmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Katalon klubida, shuningdek, uning eng yaxshi yillari ortda qolganini va juda yuqori maosh olishini hisobga olishmoqda.

«Barselona» de Yongni sotishga tayyor, lekin har qanday narxga emas. Kataloniyaliklar transferdan taxminan 70 million evro daromad olishni xohlaydi. 

«Bu katta summa, ammo de Yong xalqaro tajribaga ega o'yinchi bo'lib, Evropada yuqori obro'ga ega. Muammo shundaki, dastlabki takliflar hozircha «Barselona»ning talablaridan ancha past, - deya yozadi El Nacional sahifalarida.

29 yoshli de Yongga «Liverpul» qiziqish bildirmoqda. Biroq, mersisaydliklarning dastlabki taklifi «Barselona»ning talablaridan ancha uzoqda. «Qizillar» 40 million evro to'lashga tayyor, deb ta'kidlaydi «Gazeta.Ru». 

Hozirda Frenki de Yong «Barselona»ning jarohat olganlar ro'yxatida. Unga noyabrda o'yinlarga qaytishi kutilmoqda.