Flank hujumchisi «Atletik» va Ispaniya terma jamoasining a'zosi Niko Uilyams Angliya Premer-ligasida faoliyatini davom ettirishi mumkin.

«The Mirror» va «The Telegraph» ma'lumotlariga ko'ra, kelasi yozda «Manchester Yunayted» jamoasi o'z tarkibini kuchaytirish uchun jiddiy mablag' sarflashni rejalashtirmoqda. «Qizil iblislar»ning ustuvor maqsadlari ro'yxatida Niko Uilyams bor. Uning «Atletik» bilan tuzgan shartnomasida 95 million evro miqdorida tovon puli belgilangan va bu mablag' «Manchester Yunayted» uchun muammo bo'lmaydi, chunki ingliz klubi tovon pulini aktivlashtirishga tayyor.

Hozirgi mavsumda 24 yoshli Niko Uilyams Ispaniya chempionatida oltita o'yinda ishtirok etib, bitta gol urdi.