Avvalgi Angliya terma jamoasi himoyachisi va hozirgi futbol eksperti Gari Nevill «Manchester Yunayted»ning Aleks Ferguson jamoa murabbiyligidan ketganidan keyin eng yomon transferini tanladi.
«Di Mariya bilan shartnoma imzolash yomon edi, garchi men dastlab bu transferdan xursand bo'lganman. Men bu ajoyib kuchaytirish deb o'ylagan edim. Ammo Anxel moslasholmay qoldi. Bu muvaffaqiyatsiz transfer bo'ldi. Katta mablag' sarflangan transferlar haqida gapirganda, Antoni esga tushadi. Men uni va di Mariyani aytaman. Agar faqat bittasini tanlash kerak bo'lsa, bu Antoni», - deb aytgan Nevillning so'zlarini Metro etkazmoqda.
Eslatib o'tamiz, 2022 yil yozida «Manchester Yunayted» «Ayaks»dan Antonini 95 million evroga sotib oldi.
