Atakchi yarimhimoyachi «Bayer» Ibragim Maza o'z karerasini Angliyada davom ettirishi mumkin.
TEAMtalk ma'lumotlariga ko'ra, 20 yoshli futbolchiga ikki londondan klub — «Arsenal» va «Tottenhem» qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, aljirlik futbolchiga yana bir necha APL klublari, jumladan «Chelsi», «Manchester Siti» va «Aston Villa» ham qiziqmoqda.
Hozirgi mavsumda Maza barcha turnirlar hisobiga beshta o'yinda maydonga tushdi, bir gol urdi va ikki golli uzatma berdi.
Yarimhimoyachining «Bayer» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilgacha davom etadi. Transfermarkt uni 45 million evroga baholamoqda.
