Yozgi transfer oynasida hujumchi Kodi Gakpo «Liverpul»dan «Manchester Siti»ga o'tishi mumkin edi, ammo bitim amalga oshmadi. Niderlandiyalik futbolchi bu mavzuda fikr bildirdi.

«Buning tafsilotlariga kirishni xohlaysizmi, bilmayman, lekin bu haqida gapirishning hech qanday ma'nosi yo'q. Bu men va oilam uchun qiyin yoz bo'ldi. Men shunchaki hamma narsaning o'z yo'li bilan rivojlanishiga ruxsat berdim va hammasi shunday tugadi», - dedi Gakpo The Telegraphga.

Bu juda uzun hikoya. Yoz har jihatdan qiyin bo'ldi. Men shunchaki hamma narsaning qanday rivojlanishini kuzatdim va natija shunday bo'ldi. Endi hamma narsa shunday. Men shunchaki hayotdan zavq olishni va bu yerda, klubda futbol o'ynashdan rohatlanishni xohlayman», - deya qo'shimcha qildi Gakpo.

2026/2027 yilgi mavsumda Kodi Gakpo olti o'yin o'tkazdi va bu o'yinlarda ikki gol va to'rt assist yozdirib qo'ydi.