Milliy terma jamoa Portugaliya va Turinning «Yuventus» klubi vingeri Fransishku Konseysau o'tgan yozda «Liverpul»ning qiziqish doirasida bo'lgan. Biroq, «qizil»lardan aniq taklif kelmagan.
Jurnalist Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlardagi xabariga ko'ra, yanvar oyidagi transfer oynasida APL klublari 23 yoshli portugaliyalik futbolchiga qiziqish bildirishlari mumkin.
Fransishku «qari sinyora» safida 2025-yildan beri o'ynaydi. Futbolchining bozor qiymati 30 million evroga baholanmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2030-yilning iyun oyida tugaydi.
