«Barselona»ning hujumchi yarim himoyachisi Dani Olmo Angliya Premer-ligasiga o'tishi mumkin. Buni TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, vositachilar Olmoni APLning barcha yetakchi klublariga taklif qilgan — «Arsenal», «Chelsi», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted» va «Tottenxem». Barchasi kelishuv yanvarda mumkinligi haqida xabar olgan, ammo hozirda «Barselona»ga rasmiy takliflar kelib tushmagan.
Joriy mavsumda 28 yoshli Olmo barcha musobaqalarda sakkiz o'yinda ishtirok etib, uchta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portalining mutaxassislari ispaniyalik futbolchini 60 million evroga baholamoqda.
