«Manchester Yunayted» yillik moliyaviy hisobotini e'lon qildi. Angliya Premer Ligasi klubi Ruben Amorim va uning murabbiylar shtabi a'zolarini ishdan bo'shatish 9,5 million evroga tushganini oshkor qildi.

Amorim yanvar oyida «Manchester Yunayted» bosh murabbiyi lavozimidan ozod etilgan. Portugaliyalik mutaxassis bir yildan ko'proq vaqt ishladi.

Dastlab Amorim uchun to'lanishi kerak bo'lgan kompensatsiya miqdori 19,4 million evro deb belgilangan edi, ammo shartnomada boshqa klubda ish boshlaganda summaning kamayishi haqida band mavjud edi. Yozda murabbiy «Milan»ga o'tganligi sababli «qizil iblislar» iqtisodiy jihatdan foyda ko'rdi, deb yozadi Goal.