«Sanderlend» hujumchisi Broyan Brobbi Angliya chempionatining beshinchi turida eng yaxshi futbolchi deb tanlandi. Bu haqda APL matbuot xizmati xabar berdi.

Premyer-liga doirasidagi «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda Brobbi xet-trik qayd etdi. Biroq, bu «Sanderlend»ga ochko olib kelmadi – «qora mushuklar» Manchesterda 3:5 hisobida mag‘lub bo‘lishdi.

Broyan Brobbi uchta gol bilan Premyer-liga mavsumidagi eng ko‘p gol urganlar reytingida uchinchi o‘rinni egallamoqda. Faqat Aleksandr Isak (to‘rt) va Erling Holand (besh)dan ko‘proq gol urdi.

«Sanderlend» Angliya chempionatida 14-o‘rinda joylashgan.