«Manchester Yunayted» 2025/26 mavsumi bo'yicha moliyaviy natijalarni taqdim etdi.
«MY» evrokuboklarda ishtirok etmasligiga qaramay, rekord daromadni 677,6 million funtga yetkazdi, deb xabar beradi Business Wire. Oldingi rekord 666,5 million funt edi. Klub bu yaxshilanishni xarajatlarni kamaytirish va xodimlar sonini qisqartirish, shuningdek, APLda jamoaning muvaffaqiyatli o'yinlari bilan bog'laydi.
O'tgan mavsumda mankunianlar Angliya chempionatida uchinchi o'rinni egallab, Chempionlar ligasiga qaytishdi. Yangi APL mavsumi boshida besh turdan so'ng, «MY» 5 ochko to'plab, 12-o'rinda bormoqda.
