Madriddagi Real hujumchisi Endrik, «oq-shimlar»ning asosiy tarkibiga kirmayotganligi sababli, qishki transfer oynasida tumanli Albionga yo'l olishi mumkin.
Teamtalk xabarlariga ko'ra, 20 yoshli hujumchiga APLning amaldagi chempioni – Londondagi Arsenal qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar» yanvar oyida braziliyalikni ijaraga olish uchun harakat qilishni rejalashtirmoqda. Londondagi klub Endrikni 6 oylik ijaraga olishni, majburiy xarid qilish shartnomasisiz amalga oshirishni maqsad qilgan.
Endrikning bozor qiymati 40 million yevro deb baholangan. U Madridning buyuk klubi bilan 2030 yilning iyunigacha mehnat shartnomasi bilan bog'langan.
