Norvegiya terma jamoasi va «Manchester Siti» markaziy hujumchisi Erling Holand hali ham kataloniyalik «Barselona»ning transfer maqsadi hisoblanadi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
«Ko'k-qizil» rahbariyati skandinaviyalik hujumchiga 2027 yilda katta taklif qilishni rejalashtirmoqda. 26 yoshli futbolchining transfer narxi 220 million evro, uning «shaharchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2034 yilning iyun oyigacha davom etadi.
Hozirgi Angliya Premer-ligasida Holand to'rt uchrashuvda qatnashib, to'rt gol urdi. O'tgan mavsumda u «Manchester Siti»ning eng yaxshi bombardiri bo'ldi.
