Londonning «Tottenhem» va Braziliya terma jamoasining hujumchisi Risharlisonning BAA chempionatida o‘rni bo‘lgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalistga ma'lum bo‘lishicha, Risharlisonni «Shabab Al-Ahli» klubi qo‘lga kiritishga qiziqish bildirgan. Klub o‘yinchini sotib olishga urinish qildi, ammo ingliz tomoni taklifni rad etdi. «Shporlar» shartlaridan qoniqish hosil qilmadi.
Risharlison London jamoasida 2022-yilning yozidan beri o‘ynaydi. Uning shartnomasi 2027-yilning iyun oyigacha davom etadi va bozor qiymati 25 million evroni tashkil etadi.
Hozirgi mavsumda APLda braziliyalik bir o‘yinda qatnashdi.
