«Barselona»ning qanot o'yinchisi Rafinyo yangi mehnat shartnomasi shartlari bo'yicha «ko'k-qizil» klub bilan muzokara olib bormoqda, deb xabar bermoqda ijtimoiy tarmoqlarda insayder Ekrem Konur.

Braziliyalik futbolchi maoshini ikki baravar oshirishni talab qilmoqda. Agar katalonlar braziliyalikning shartlariga rozi bo'lmasa, uning boshqa variantlari mavjud.

Ma'lum bo'lishicha, braziliyalik futbolchiga «Arsenal», «Manchester Yunayted», «Liverpul» va «Al-Xilal» klublari qiziqish bildirmoqda. Ushbu klublar o'yinchiga yuqori maosh taklif qilishga tayyor.

Rafinyo va katalonlar o'rtasidagi kelishuv 2028-yilning yozida tugaydi.

Hozirgi Ispaniya chempionatida Rafinyo to'qqizta gol va uchta golli uzatmani amalga oshirdi.