\"Manchester Siti\" jamoasi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola o\'z jamoasining o\'yinlar jadvali bilan yana bir bor norozilik bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Shanba kuni \"shaharliklar\" \"Lids\"ga minimum hisobda mag\'lubiyat yetkazishdi, ammo chorshanba kuni \"Nottingem Forest\"ga qarshi maydonga tushishlari kerak. Bundan tashqari, 7-mart kuni Gvardiola boshchiligidagi jamoa Angliya Kubogida \"Nyukasl\"ga qarshi o\'yin o\'tkazadi.

To\'rt kundan so\'ng esa Madridning \"Real\" jamoasiga qarshi Chempionlar Ligasi 1/8 finalining javobiy uchrashuvi bo\'lib o\'tadi. \"Angliya Kubogidagi \'Nyukasl\'ga qarshi safardagi o\'yinimizni soat 15:00dan keyin, soat 20:00ga ko\'chirish uchun katta rahmat!

Bu bizning Madridga jo\'nab ketishdan oldin tiklanish vaqtimizni hatto kamaytiradi. Katta minnatdorlik!\" - deb Gvardiolaning so\'zlarini keltiradi The Touchline nashri.

\"Manchester Siti\" bilan \"Real\" jamoalari o\'rtasidagi javobiy o\'yin 17-martga rejalashtirilgan. Murabbiyning bu fikrlaridan ko\'rinibki, jadvaldagi zichlik futbolchilarni charchashiga va natijalariga salbiy ta\'sir qilishi mumkinligini uqtirmoqda.

Gvardiola jamoaning to\'liq tiklanishi uchun yetarli vaqt kerakligini ta\'kidladi.