Manchester Siti jamoasining sport bo‘limi yaqin kunlarda hujumchi Fil Foden vakillari bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Bu haqda TBR Football manbasi xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, “shaharliklar” 25 yoshli futbolchi bilan amaldagi mehnat shartnomasini uzaytirish masalasini muhokama qilmoqchi.

Fodenning hozirgi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. Fil Foden Manchester Siti akademiyasida tarbiyalangan.

Joriy mavsumda u barcha musobaqalarni hisobga olgan holda beshta o‘yinda maydonga tushib, ikki gol urdi va ikki golga uzatma berdi. Hozirgi vaqtda Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Fodening bozor qiymati 100 million yevroga teng.

Klub rahbariyati uning kelajagi va jamoadagi o‘rni haqida o‘ylab, shartnomani yangilash ustida ish olib bormoqda. Bu futbolchining jamoada qolishi va faoliyatini davom ettirishi uchun muhim qadam hisoblanadi.