Andrey Talayev, «Sochi» klubi yarimhimoyachisi Kirill Kravtsovning agenti, o'yinchining kelajagi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq, Kravtsov «Lokomotiv»ga o'tishga yaqin ekani haqida xabarlar tarqalgan. Shuningdek, rossiyalik o'yinchi Ispaniyaning «Kadis» klubidan taklif olgani haqida mish-mishlar mavjud.

««Lokomotiv» bilan muzokaralar davom etmoqda, hammasi ish jarayonida. Kirill qayerda va qachon bo'lishini ko'ramiz. «Kadis» haqida esa hech narsa demayman», — deydi agentning so'zlarini RB Sport portali keltirmoqda.

O'tgan mavsumda Kravtsov barcha musobaqalarda 20 marta maydonga tushib, uchta gol urdi.

Shuningdek, iyun oyining oxirida yarimhimoyachining janubiy klub bilan mehnat shartnomasi tugaydi.