Moskva «Spartak»ining bosh shifokori Kirill Kozlov jamoa himoyachisi Aleksandr Djiku jarohati haqida izoh berdi.
«Uning orqa qovurg'asi jarohatlangan. U birozdan keyin keladi. Djiku zalda mashg'ulotlar o'tkazmoqda. O'ylaymanki, u maydonda individual mashg'ulotlarga kirishadi», - deydi shifokor so'zlarini «Championat» tarqatdi.
Eslatib o'tamiz, ganalik futbolchi «xalq jamoasi» safiga 2025 yil sentyabrda qo'shildi.
O'tgan mavsumda Aleksandr Moskva jamoasi safida 30 ta o'yinda qatnashdi. Djiku gol urish bilan ajralib turmadi.
«Spartak» RPLda to'rtinchi o'rinni egalladi va Rossiya kubogini qo'lga kiritdi.




