Moskva «Spartak» yarim himoyachisi Roman Zobnin 2026 yilgi Jahon chempionati haqida fikr bildirdi.

«Hech bir o'yinni to'liq ko'rmadim. Ijobiy tomondan Messi ning xet-trigini ta'kidlayman. O'tgan format qiziqarliroq edi. Jamoalar yuqori darajada edi. Hozir ham qiziq, lekin ba'zi jamoalar zaifroq», - deydi yarim himoyachi «Championat»ga bergan intervyusida.

Eslatib o'tamiz, Jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha Shimoliy Amerikadagi uch mamlakatda: AQSh, Kanada va Meksikada o'tkazilmoqda. Hozirgi chempion Argentina terma jamoasi bo'lib, 2022 yilgi mundial finalida fransuzlarni penalti seriyasida mag'lub etdi.