Italiyaning Seriya A doirasida milanlik «Inter» «Udinze» ustidan 5:3 hisobida g'alaba qozondi. O'tgan uchrashuvda turk yarim himoyachisi «nerazzurri» Hakan Chalhanog'lu maydonga tushmadi.

Insayder Nikolo Skira xabar berishicha, futbolchi mushak jarohati tufayli o'yinda qatnasha olmadi. Yaqin kunlarda o'yinchi tibbiy ko'rikdan o'tadi va uning holati haqida ma'lumot beriladi.

Joriy mavsumda Italiya chempionati doirasida 32 yoshli futbolchi uchta o'yin o'tkazdi. Chalhanog'lu ikki marta to'p kiritdi.

Milan jamoasi 12 ball to'plab, Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi.