«Yuventus»ning bosh direktori Djovanni Karnevali jamoa bosh murabbiyi Luciano Spallettining ishdan olinishi haqida fikr bildirdi.
«Biz murabbiy o‘zgartirishni rejalashtirmayapmiz. Luciano Spalletti — ajoyib mutaxassis. Murabbiy o‘zgartirishlari mening rejalariimga kirmaydi», — dedi funktsioner Radio Anch’io lo sport efirida.
Italiya chempionatining to‘rtinchi turida «Yuventus» safarda «Sassuolo»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Hozirda turinliklar jadvalda sakkizinchi o‘rinda bo‘lib, 7 ochkoga ega.
67 yoshli Spalletti «Yuventus»ni 2025 yil oktyabridan boshqarib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2027/28 mavsumi oxirigacha davom etadi.
