Daniyalik hujumchi Rasmus Hojlunddan o'zi o'ynagan eng yaxshi stadion haqida so'rashdi. Natijada u to'rt ta arena, jumladan, albatta, Napoli stadionini ham nomladi.
«Men ko'plab ajoyib stadionlarda bo'ldim — hatto bilmayman... Ehtimol, bu «Old Trafford» yoki hozirda o'ynayotgan Maradona nomidagi stadion. «San-Siro» — ajoyib stadion, shuningdek, Bavariya arenasi ham», - deb aytgan Hojlund so'zlarini calcionapoli1926.it nashri keltirmoqda.
Ma'lumot uchun, Rasmus 2025 yilda Manchester Yunayteddan Napoli shahriga ko'chib o'tdi. O'tgan kuni «Napoli» Seriya Aning to'rtinchi turida «Bolonya»ni mag'lub etdi.
