Avvalgi «Bavariya» futbolchisi Rafael Gerreyru Italiyada karerasini davom ettirishi mumkin. Portugaliyalik futbolchini chap qanot himoyasini kuchaytirish maqsadida «Roma» qiziqtirmoqda. Jurnalist Ekrem Konur ma'lumotlariga ko'ra, rimliklar hali yakuniy qaror qabul qilmagan, lekin 32 yoshli futbolchini boshqa variantlar bilan birga jiddiy ko'rib chiqmoqdalar.

Rafael Gerreyru o'tgan mavsum tugagach erkin agentga aylandi. U «Bavariya» safida uch yil davomida o'ynadi, shuningdek, oldin yetti yil davomida Dortmundning «Borussiya» klubida faoliyat yuritgan.