Kosovo terma jamoasi sardori va Napoli himoyachisi Amir Rrahmani o'zining ijtimoiy tarmoqlarida hissiyotli bayonot e'lon qilib, endi milliy jamoada o'ynamasligini ma'lum qildi.
32 yoshli futbolchi muxlislarga murojaatida shunday yozdi:
«10 yil davomida terma jamoada bo'ldim, ulardan 7 yilini sardor sifatida o'tkazdim. Sizlarga aytmoqchimanki, hozirgi futbol federatsiyasi rahbariyati ostida Kosovo terma jamoasining bir qismi bo'lmayman».
«Ko'plab omillar, doimiy nizolar va muammolarimizni hal qila oladigan malakali insonlarning yo'qligi sababli terma jamoa holati yillar davomida yaxshilanmadi. Buning o'rniga nima oldim? Meni himoya qilishi kerak bo'lganlardan doimiy va muvofiqlashtirilgan hujumlar».
Rrahmanining milliy jamoada 66 o'yin va 7 gol muvofiqligi bor.
