Gollandiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ruud Gullit Turinning Yuventus» va «Milan» jamoalarining 2026/2027 yilgi Chempionlar ligasiga chiqolmasligi haqida fikr bildirdi.

«Bu meni xafa qiladi, chunki bunday jamoalarning Chempionlar ligasi ularning qonida. O'tgan mavsumda «Milan» Chempionlar ligasiga chiqishga juda yaqin edi, lekin oxirgi daqiqada imkoniyatini yo'qotdi. Umid qilamanki, kelajakda ularni yana ushbu musobaqada ko'ramiz. Biroq, bu maqsadga erishish uchun maydonda to'g'ri qarorlar qabul qila oladigan futbolchilar kerak», - deydi Gullit Football-Italia orqali.

Shuni ta'kidlash joizki, 2026/2027 yilgi mavsumda «Milan» va Turinning «Yuventus» Yevropa ligasida qatnashadilar.