Italiyalik hujumchi Fransesko Esposito Milanning «Inter» klubi bilan hamkorligini uzaytirdi. Bu haqda «nerazzurri» matbuot xizmati xabar bermoqda.

21 yoshli futbolchining yangi shartnomasi klub bilan 2032 yilning iyun oyigacha davom etadi. Esposito «Inter» akademiyasining tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Joriy mavsumda italiyaning Seriya A musobaqasida hujumchi uchta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi va bitta golli uzatma berdi.

Uchta turdan so'ng Italiya chempionatida «Inter» to'qqiz ball to'pladi. Milan jamoasi Seriya A turnir jadvalida ikkinchi o'rinda turibdi. Keyingi o'yin italiyaning buyuk jamoasi Chempionlar ligasida Madridning «Real» jamoasiga qarshi o'tkazadi.